Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



“Birodar shaharlar va sun’iy intellekt” mavzusida davra suhbati

“Birodar shaharlar va sun’iy intellekt” mavzusida davra suhbati 25.12.2025

2025 yil 25 dekabr kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalasi bo‘yicha qo‘mitasi huzurida, Birodar shaharlar alyansi hamda “O‘zbekiston – Germaniya”do‘stlik jamiyati hamkorligida “Birodar shaharlar va sun’iy intellekt” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati tomonidan tashkil etildi va oflayn hamda onlayn (Zoom) formatlarda o‘tkazildi. Davra suhbatida do‘stlik jamiyatlari vakillari hamda axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Sun’iy intellekt sohasidagi taniqli mutaxassis, professor A. B. Raxmonovning ma’ruzasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Muhokamalar davomida sun’iy intellektni rivojlantirishga oid dolzarb masalalar, shuningdek, birodar shaharlar o‘rtasidagi hamkorlik doirasida uni qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ushbu mavzuni kelgusida yanada kengroq yoritish, shuningdek, kelgusi yil rejalariga sun’iy intellekt masalalariga bag‘ishlangan qo‘shimcha tadbirlarni kiritish taklif etildi.

2B3A9772 (1) (3).JPG