Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



Germaniya delegatsiyasining “O‘zbekiston-Germaniya” do'stlik jamiyati a’zolari bilan uchrashuvi

Germaniya delegatsiyasining “O‘zbekiston-Germaniya” do'stlik jamiyati a’zolari bilan uchrashuvi 22.09.2025

O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan bir guruh Germaniyalik delegatsiya 2025 yil 22 - sentyabr kuni “O‘zbekiston - Germaniya” do‘stlik jamiyati a’zolari bilan uchrashuvga tashrif buyurishdi. Uchrashuv “O‘zbekiston - Germaniya” do‘stlik jamiyatining tashabbusi bilan O‘zDJTU ning Roman – german filologiyasi fakulteti binosida bo‘lib o‘tdi. Buning sababi shundaki, delegatsiya rahbari Ernst Shtromayer (Ernst Strohmaier) bizning sobiq vatandoshimiz, Chirchiq shahrida tavallud topgan, 90 –yillarda TDCHTPI (hozirgi O‘zDJTU) nemis filologiyai fakulteti o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, ayni paytda esa Germaniyaning Baden-Württemberg viloyatidagi Volga nemislari uyushmasi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Uchrashuvdan maqsad har ikki taraf uchun o‘ta muhim bo‘lib, Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida, ayniqsa ta’lim tizimi doirasida, shuningdek Axborot texnologiyalari sohasida yangi loyihalar ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish nazarda tutildi. Uchrashuv davomida sobiq vatandoshlarimiz, hozirda esa Germaniya fuqoralarining har ikki vatanlari uchun chuqur g‘amkorlikdan manfaatdor ekanligi ko‘zga tashlandi. Ayni paytda, delegatsiya a’zolari Axborot texnologiyalari sohasida hamkor izlash va yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va O‘zDJTU ga Germaniyadan nemis tili o‘qituvchilari taklif qilish masalasida kelishib oldilar. “O‘zbekiston - Germaniya” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Yu. Ismailov hozirda Germaniyada yashayotgan sobiq vatandoshlarimiz bilan aloqalarni kengaytirish taklifini bildirdi, chunki ular bunday aloqalardan har tomonlama manfaatdor bo‘ladilar. Shuningdek, sobiq vatandoshlarimiz uchun O‘zDJTU ning RGF fakulteti tomonidan tushlik uyushtirildi, “O‘zbekiston - Germaniya” do‘stlik jamiyati tomonidan sovg‘alar topshirildi. 

IMG_3189.JPG

Mexmonlar o‘z navbatida O‘zbekistonlik hamkasblariga o‘quv adabiyotlari taqdim etdilar. Uchrashuv davomida O‘zDJTU tomonidan tayyorlangan tarnixiy (elektron) fotolavhalar mehmonlarga taqdim etildi. O‘zlarining kasbiy hayoti bilan bog‘liq ushbu fotolavhalar mexmonlarda katta taasssurot qoldirdi.