Shoir Abay Qo‘nonboyev tavalludining 180 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi
09.08.2025
O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi hamkorligida buyuk qozoq shoiri Abay Qo‘nonboyevtavalludining 180 yilligi munosabati bilan qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida adabiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar, ma’naviy suhbatlar hamda Abay ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston–Germaniya do‘stlik jamiyati faollari ham ishtirok etdilar.
Ushbu tashabbuslar O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni, adabiy hamkorlikni va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)





UZINFOCOM