Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



Dr. Peter Spary xotirasiga

03.07.2025

Katta qaygʻu bilan 2-iyul kuni Peter Sparyning vafot etganini ma’lum qilamiz.
U jamoat hayotining yirik namoyandasi, Oʻzbekiston va Germaniyaning samimiy doʻsti boʻlib, butun hayotini xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro tushunishni mustahkamlashga bagʻishladi.

Peter Spary xalqlar diplomatiyasining chinakam yoʻlboshchisi edi. Uning sa’y-harakatlari tufayli Germaniya va Oʻzbekiston oʻrtasida hurmat, ishonch va oʻzaro gʻamxoʻrlikka asoslangan mustahkam madaniy va gumanitar aloqalar oʻrnatildi hamda rivojlantirildi.

Uning energiyasi, tashabbuskorligi va madaniyatlararo muloqot kuchiga boʻlgan chin ishonchi koʻplar uchun ibrat boʻldi. U insoniy aloqalarning xalqaro hamkorlik poydevori sifatidagi ahamiyatini chuqur tushundi va butun hayotini insonlar, jamiyatlar va madaniyatlar oʻrtasida doʻstlik aloqalari qurishga bagʻishladi.

Peter Sparyni tanigan barcha uchun u ochiqlik, samimiyat, zukkolik va umumiy maqsad yoʻlidagi fidokorlik timsoli boʻlib qoladi. Uning merosi — bu oʻzaro tushunish va madaniyatlar xilma-xilligiga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan edi.

Peter Sparyning oʻlimi Oʻzbekiston va Germaniya uchun ogʻir va qaygʻlmuli yoʻqotishdir. Uning nomi, butun hayotini bagʻishlagan xalq diplomatiyasi va madaniyatlar, do'stlik aloqalarini davom ettirayotganlar xotirasida abadiy saqlanadi.