Germaniyada tahsil olayotgan yoshlar bilan onlayn uchrashuv tashkil etiladi
22.08.2024
“O‘zbekiston–Germaniya” do‘stlik jamiyati 2024-yilgi yillik ish rejasiga muvofiq, 2024-yil 22-avgust kuni soat 16:00 da “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan hamkorlikda Germaniyada tahsil olayotgan vatandosh yoshlari bilan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil etadi. Ushbu uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlanadi.
Tadbirning asosiy maqsadi – “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali Germaniya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va ilmiy-amaliy tajriba orttirayotgan yoshlarning chet eldagi o‘qish va yashash bo‘yicha jamg‘argan bilim va ko‘nikmalarini O‘zbekistondagi talabalar bilan bo‘lishish, ularni xorijiy ta’lim va malaka oshirish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

Onlayn muloqot davomida Germaniyada o‘qiyotgan iqtidorli talabalar o‘z tajribalari, kundalik hayoti, ta’lim tizimi, til o‘rganish jarayoni, ilmiy izlanishlari, shuningdek, “El-yurt umidi” dasturi orqali qanday tanlovdan o‘tganliklari, hujjat tayyorlash, intervyu bosqichlari kabi foydali jihatlar haqida o‘z fikr va maslahatlarini bo‘lishadilar.
Uchrashuvda “O‘zbekiston–Germaniya” do‘stlik jamiyati rahbariyati, “El-yurt umidi” jamg‘armasi mutasaddilari, Germaniyada tahsil olayotgan stipendiatlar va O‘zbekistonning turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Mazkur onlayn uchrashuv nafaqat yoshlar o‘rtasida fikr almashish va ruhiy ko‘mak bo‘lishi, balki ular uchun yangi maqsadlar sari dadil qadam tashlashda turtki vazifasini o‘taydi. Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berilib, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinadi.


.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)





UZINFOCOM