“Qiyosiy filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
13.06.2024
2024-yil 13-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston-Germaniya do‘stlik jamiyati, Germaniya-O‘zbekiston ilmiy jamiyati, O‘zbekiston Nemis tili o‘qituvchilari assosiatsiyasi va nemis akademik almashinuv xizmati bilan hamkorlikda “Qiyosiy filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur xalqaro anjumanga mahalliy mutaxassislar, doktorantlar hamda sohalarning malakali kadrlari bilan bir qatorda Rossiya, Germaniya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog‘iston kabi davlatlardan yetuk mutaxassislar jalb etildi. O‘zbekiston-Germaniya Ilmiy Jamiyati ijrochi direktori Johannes Keller, Moskva davlat lingvistika universiteti dotsentlari Anishenko Alla va Afonchenko Yuliya, Nizamiy Ganjaviy nomidagi Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti professori Zairova Xanim, Mammedova Djavide, Jazoir Xalq Demokratik respublikasi Orban-2 universiteti professori Belbachir Rafiâa, Turkmaniston respublikasi DAAD lektorlari Gervin Maag, Raimond Selke, O‘zDJTU DAAD lektorlari Yohanna Mayer va Yasper Andreas shular jumlasidandir.

Konferensiyada Gremaniya-O‘zbekiston Ilmiy jamiyati raisi prof. X.Raximov, O‘zbekiston-Germaniya Do‘stlik jamiyati direktori Yu.Ismailov mazkur anjumanning dolzarbligi haqida va uning keljakdagi vazifalari haqida atroflicha so‘z yuritdi. Shundan so‘ng dastur doirasida anjumanga xorijiy va respublikamiz oliy taʻlim muassasalaridan taklif qilingan olimlarning maʻruzalari tinglandi.



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)





UZINFOCOM