Germaniyalik vatandoshimiz - Jamiyatimizda
2024-yil 25-may kuni Toshkent shahrida “O‘zbekiston–Germaniya do‘stlik jamiyati” tashabbusi bilan Germaniyaning Myunxen shahrida yashayotgan, o‘zbek diasporasi faollaridan biri bo‘lgan Hamdamova Habibaxon bilan tanishuv uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv jamiyatning xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijdagi vatandoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadami bo‘ldi. Tashrif davomida mehmon “O‘zbekiston–Germaniya do‘stlik jamiyati” faoliyati, amalga oshirilgan loyihalar, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va ta’limiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi.

O‘z navbatida, Hamdamova Habibaxon Germaniyada istiqomat qilayotgan o‘zbeklar hayoti, ularning madaniy-ma’naviy faolligi, muhojirlikdagi sharoitlar va diasporaning asosiy yo‘nalishlari haqida atroflicha ma’lumot berdi. U Germaniyada o‘zbeklar tomonidan tashkil etilgan nodavlat notijorat jamiyatlar, ularning faoliyati, tashabbuslari va o‘zaro hamjihatlikni ta’minlashdagi o‘rni haqida fikr yuritdi. Ayniqsa, yoshlar va ayollarni ijtimoiy hayotga jalb etish, madaniy merosni saqlab qolish, til o‘rganish va an’analarni rivojlantirish borasidagi harakatlar alohida e’tirof etildi.
Uchrashuv ikki tomonlama iliq va samimiy muhitda o‘tdi. Suhbat chog‘ida kelgusida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hamkorlik loyihalari, qo‘shma madaniy tadbirlar, ta’limiy almashinuv dasturlari hamda diasporadagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv nafaqat fikr almashish, balki O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi xalq diplomatiyasini rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.


.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)





UZINFOCOM