“O‘rta Osiyoda nemis tilini o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusida forum
27.03.2024
2024 yilning 25-26 mart kunlari Toshkent shahrida “O‘rta Osiyoda nemis tilini o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusida O‘rta Osiyo nemis tili o‘qituvchilarining xalqaro 2-forumi bo‘lib o‘tdi. Forum ishida O‘rta Osiyoning barcha mamlakatlari: Qozog‘iston, Qirg‘iston, Tojikiston, Turkmanistondan nemis tili o‘qituvchilari, shuningdek Germaniya va Avstriya kabi nemiszabon mamlakatlaridan ekspert mutaxassislar tashrif buyurdilar. Tadbir Germaniyaning O‘zbekistondagi Gyote instituti, DAAD jamg‘armasi, O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari assosiatsiyasi, O‘zDJTU va “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati hamkorligida bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, O‘zbekistonda nemis tili ingliz tilidan keyin eng ko‘p o‘qitiladigan chet tili hisoblanadi. Aksariyat viloyatlarda nemis filologiyasi kafedralari mavjud, barcha OTM, ko‘plab lisey va kolledjlar, hamda umumta’lim maktablarda nemis tili birinchi yoki ikkinchi chet tili sifatida o‘qitilib kelinmoqda.



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)





UZINFOCOM