Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



Germaniyada Alisher Navoiyning 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 541 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy kecha

14.02.2024

“O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati a’zosi, taniqli tarjimon Kuchqorova Hafiza bir guruh o‘zbek ayollari delegatsiyasi bilan  2024 yilning 7-14 fevral kunlari Germaniyaga safar uyushtirdi. Berlindagi O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida buyuk shoir va mutafakkirlar Alisher Navoiyning 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 
541 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi.

fevral.jpg

Tadbir tashkilotchilaridan Hafiza Ko‘chqorova boshchiligidagi bir guruh adabiyotshunos olima, talaba va havaskor san’atkorlar ijodiy jamoasi tomonidan ijro etilgan Navoiy va Boburning g‘azallari, ularning hayotidan hikoya qiluvchi sahna ko‘rinishlari, milliy raqslar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 

Bundan tashqari, delyegatsiya a’zolari Berlindagi Gumboldt universiteti ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishib, kelajakda universitet bilan hamkorlik masalalari to‘g‘risida kelishuv imzolanishiga zamin yaratdilar.

fevral2.jpg

Tadbir tafsilotlari uza.uz saytida hamda O‘zbekiston 24 telekanalida va Germaniyaning Berlin tv kanallarida batafsil yoritildi.