Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



Germaniyalik jamiyat vakillari O'zbekistonda

Germaniyalik jamiyat vakillari O'zbekistonda 25.10.2023

Germaniyaning “Gʻarb – Sharq uchrashuvlari” (West-Östliche Begegnungen) jamg‘armasi rahbariyati O‘zbekistonga tashrifi doirasida o‘zbekistonlik hamkasblar bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati, O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari assosiatsiyasi va O‘zDJTU rahbariyatiga murojaat qildilar. Ushbu jamg‘armaningg ijrochi direktor Anna Kayzer 2023 yil iyul oyidagi Prezident saylovlari doirasida xalqora kuzatuvchi sifatida O‘zbekistonga tashrif uyushtirgan va yuqorigidagi o‘zbekistonlik xamkasblar bilan uchrashgan va alohida tashrif uyushtirishni kelishib olgan edi. 

 

Ushbu kelishivga ko‘ra Germaniyaning “Gʻarb – Sharq uchrashuvlari” (West-Östliche Begegnungen) xodimlari, xususan jamg‘arma rayosiyati raisi Yelena Xoffmann  (Jelena Hoffmann) xonim, ijrochi direktor Anna Kayzer (Anna Kaiser), loyiha menedjeri Alina Vedmedyeva (Alina Vedmedyeva) va  jamg‘arma xodimasi Dagmar Shrayberlar (Dagmar Schreiber) 2023 yilning 25 – oktyabrida Toshkent shahriga tashrif buyurdilar va O‘zDJTU “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati, O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari assosiatsiyasi va O‘zDJTU rahbariyati bilan davra suhbati o‘tkazdilar. Suhbat chog‘ida har ikki tomon vakillari kelajakdagi hamkorlik masalalari yuzasidan munozara o‘tkazdilar. Fuqorolik jamiyati doirasida faoliyat olib boruvchi Germaniyalik jamg‘arma vakillari ayniqsa har ikki mamlakat xalqlari  uchun manfaatli mavzular bo‘yicha loyihalar ustida ish olib borishni taklif qildilar va bu borada loyihalarni qo‘llab quvvatlashga tayyoliklarini bildirdilar. Davra suhbati qizg‘in munozara tarzida o‘tdi.