Germaniyani bilasizmi? - “33 yillikka 33 savol” mavzusidagi onlayn viktorinasining yakuniy bosqichi
26.09.2023
“O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyatining tashabbusi bilan 2023 yilning 3-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida nemis tilini o‘rganayotgan O‘zbekistonlik o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida Germaniyaning birlashgan kuniga bag‘ishlangan "33 yillikka 33 savol" mavzusidagi viktorinaning 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi. 29- sentyabrdagi viktorinaning dastlabki bosqichida Respublika bo‘yicha 200 ga yaqin nemis tili o‘rganuvchilari onlayn ishtirok etgan edilar. Onlayn bosqichning eng yaxshi 33 ishtirokchilari Germaniya Federativ Respublikasining milliy bayram kuni – 3-oktyabrda O‘zDJTU ga taklif qilindilar.

Tadbir "Germaniya-O‘zbekiston" do‘stlik jamiyati va Toshkentdagi Gyote instituti tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Dastur so‘ngida viktorina g‘oliblari aniqlandi. Unga ko‘ra 1-o‘rin - Qahramonova Sanobar, 2-o‘rin - Gʻaniyeva Sohiba va 3-o‘rin - Shopo‘latov Ilyosbeklarga nasib etdi.

Viktorinada faol qatnashgan etgan barcha 33 ishtirokchilari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)





UZINFOCOM