"O‘zbekiston-Germaniya" do‘stlik jamiyati vakili Germaniyada xalqaro seminar ishtirokchisi bo‘ldi
24.08.2023
2025-yil 10–23-avgust kunlari Germaniyaning Myunxen shahrida bo‘lib o‘tgan 31-Xalqaro yetakchi yoshlar seminarida “O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyati mutaxassisi Mohira Abdullayeva faol ishtirok etdi. Mazkur seminar Germaniya Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda xalqaro hamkorlik tashkilotlari ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan ijtimoiy faollar, yosh liderlar va jamoat arboblari uchun bilim va tajriba almashish maydoniga aylandi.
Malaka oshirish dasturi doirasida qatnashchilar global muammolar, yoshlar diplomatiyasi, madaniyatlararo muloqot, barqaror taraqqiyot va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kabi mavzular yuzasidan chuqur muhokamalar olib bordilar. Shuningdek, seminar davomida turli konferensiyalar, interaktiv mashg‘ulotlar, taqdimotlar va madaniy tadbirlar tashkil etildi.
Mohira Abdullayeva ushbu xalqaro platformada O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, yoshlar siyosati, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida “O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyati amalga oshirayotgan loyihalar, xususan, ikki tomonlama madaniy hamkorlik, til o‘rgatish dasturlari va yoshlar almashinuvi yo‘nalishidagi faoliyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuvlar davomida Germaniya va boshqa davlatlar vakillari bilan o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni mustahkamlash va yangi loyihalarni muhokama qilish imkoniyati yaratildi. Bu esa, jamiyatning xalqaro doiradagi obro‘sini oshirish va istiqboldagi tashabbuslarini kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.


.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)





UZINFOCOM