Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



21 iyun - “Sharq-u Gʻarb: Navoi va Gete” xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya

21.06.2023

„O‘zbekiston – Germaniya“ do‘stlik jamiyati o‘z ustavi doirasida mamlakatimizda Germaniya bilan bog‘liq turli tadbirlarda faol ishtirok etib keladi. Nizomiy nomli o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tashkil etilgan konferenziya tashkilotchilari „O‘zbekiston – Germaniya“ do‘stlik jamiyatiga konferensiyani tashkil etishda hamkorlik yuzasidan murojaat qildi. Ushbu hamkorlik doirasida mavzu bo‘yicha mahalliy va Germaniyalik mutaxassislar izlab topildi. Xususan, „O‘zbekiston – Germaniya“ do‘stlik jamiyatining faol a’zolari Prof. Xurram Raximov va Hafiza Qo‘chqorovalar  konferensiyada ilmiy maqola bilan ishtirok etish istagini bildirdilar. „Germaniya - O‘zbekiston“ do‘stlik jamiyati raisi janob Kolin Dyurkop konferensiyaga tabrik so‘zi bilan murojaat qildi.

июн конференция.png