Shoira ayollardan iborat delegatsiya Germaniyaga tashrifi
“O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyatining asosiy vazifalaridan biri nemiszabon mamlakatlarda, ayniqsa Germaniyada o‘zbek madaniyati, san’ati va adabiyotini targ‘ib qilishdan iborat bo‘lib, faoliyatning ushbu yo‘nalishi turli shakllarda muntazam amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu yilning 17 apreldan 15 mayigacha jamiyatning yangi a’zosi, tarjimon Qo‘chqorovaning Germaniya bir guruh o‘zbekistonlik shoira ayollardan iborat delegatsiya tarkibida Germaniyaga tashrif buyurdi.

GFR poytaxti Berlin shahrida O‘zbekistondagi Gyote instituti tomonidan amalga oshirilgan “Semurg‘” loyihasining ikkinchi qismiga ko‘ra nemis tiliga tarjima qilingan “O‘zbek she’riyati antologiyasi” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot Berlindagi Humbolt universitetida 24 aprel kuni o‘tkazildi va tadbirda Berlin shahrida tahsil olayotgan talabalar, qolaversa o‘zbek tili va adabiyoti ixlosmandlari, shuningdek universitetning Osiyo va Afrika kafedrasi professor-o‘qituvchilari, jumladan o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisi Durdu xonim, bundan tashqari Toshkentdagi Gyote insstituti rahbari Nimayer xonim qatnashdilar. Taqdimot chog‘ida o‘zbek shoirlari Tillaniso, Olima Nabiyeva va Jontemirlar o‘z she’rlaridan o‘qib eshittirdilar.



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)





UZINFOCOM