Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan onlayn tadbir

01.04.2023

“O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati tashabbusi bilan va jamiyat rejasi doirasida  Navro‘z – 2023 bayramiga bag‘ishlangan onlayn tadbir o‘tkazildi. Bu yilgi tadbirda jamiyatning xamkorlar doirasi yanada kengaydi. Xususan, keyingi yillar davomida O‘zbekiston bilan m yehnat emigratsiyasi doirasidagi hamkor firmalar vakillari, O‘zbekistonning Germaniyadagi do‘stlari va Qozog‘istonlik hamkorlar bu yilgi tadbirda ishtirok etdilar. 

nawruz2023.png

“O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi va xorijlik ishtirokchilarga Navro‘z haqida qisqa ma’lumot berdi.

“O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati tomonidan Navro‘zga bag‘ishlangan videofilm tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, uy sharoitida sumalak tayyorlashga bag‘ishlangan rolik va sumalak resepti xorijlik tomoshabinlar uchun yangilik bo‘ldi. Germaniyalik Sisiliya Yung va Karen Engelke xonimlar sumalakka alohida qiziqish bildirdilar. Shuningdek, Navro‘zga bag‘ishlangan onlayn - konsert dasturini diqqat bilan 

eshitishdi.