Germaniyaning The HealthCare People O‘zbekistonga tashrifi
01.03.2023
Mazkur vositachi firma Germaniya korxonalari ish beruvchilarini chet el, xususan O‘zbekistondan ishchi – xodimlar bilan ta’minlash bilan shug‘ullanadi. O‘zbekistonda ishga layoqatli yoshlarni ish bilan ta’minlash bilan bog‘liq muammo va ayni paytda Germaniyada ishchi kuchini yetishmaslik muammolari ikki mamlakatni mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikka yo‘naltiradi. 28 – fevralda tashqi mehnat migratsiyasi agentligida GFR ning ish beruvchi vakillari ijrochi direktori Nikolas Rixter, firma mutaxassislari Mixail Bastler va Tomas Forsterlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston fuqoralarini serviz va tibbiyot sohalarida dual, ya’ni o‘qish va ishlash tizimi asosida fuqoralarni jalb qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Ushbu firma bilan “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati o‘rtasida 2022 yilning noyabr oyida “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Yu. Ismailovning Germaniyaga tashrifi davomida aloqalar o‘rnatilgan edi. 1 – mart kuni Germaniyaning The HealthCare People vositachi firma ijrochi direktori Nikolas Rixter, firma mutaxassislari Mixail Bastler va Tomas Forsterlar “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati ko‘magida O‘zDJTU professor – o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuv uyushtirildi. Germaniyalik mexmonlar talabalarga yozgi ta’til paytida Germaniyada uch oy davomida ishlash imkoniyatlar mavjudligi to‘g‘risida axborot berdilar. O‘z navbatida ushbu imkoniyat talabalarga bevosita Germaniyaning o‘zida til malakasini oshirishga va tili o‘rganilayotgan mamlakat, uning madaniyati va turmush tarzi bilan yaqindan tanishishga hissa qo‘shishi mumkin. Shu sababdan uchrashuv talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)





UZINFOCOM