Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



“O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati a’zolarining Germaniyaga safari

“O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati a’zolarining Germaniyaga safari 18.11.2022

2022 yilning 12-17 noyabr kunlari “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Yu.Ismailov O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va kommunikatsiya vazirligi delegatsiya tarkibida Germaniyada xizmat safarida bo‘lib qaytdi. 

photo_2025-07-24 12.32.47.jpeg

Xizmat safarining asosiy maqsadlaridan biri “O‘zbekiston – autsoringning yangi yo‘nalishi” mavzusi bo‘lib     14-noyabr kuni Byoblingen shahrida nemis AT kompaniyalari vakillari bilan “O‘zbekiston – autsoringning yangi yo‘nalishi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Shtutgart texnika institutida AT sohasida xalqaro hamkorlik masalalari, o‘zbekistonlik talabalarning mazkur bilim yurtida ta’lim olish, malaka oshirish imkoniyatlari masalasida muzokaralar olib borildi. Shuningdek 15 noyabr kuni Germaniyaning Xaydelberg shahrida “IT Park” ofisining ochilish marosimi va nemis AT kompaniyalari uchun “O‘zbekiston – autsoringning yangi yo‘nalishi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirda Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va kommunikatsiya Vazirligi tomonidan O‘zbekistonning AT sohasidagi imkoniyatlari va shart-sharoitlar namoyishi nemis mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otdi.

photo_2025-07-24 12.32.52.jpeg

Xizmat safaridan qaytgach  “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Yu.Ismailov O‘zbekiston OTM lari, xususan O‘zDJTU nemis tili yo‘nalishi talabalaridan autsoring yo‘nalishiga jalb qilish yuzasidan tadbirlar tashkil qilishga kirishdi. Xususan, Toshkent shahrida joylashgan IT-Park rahbariyati bilan hamkorlikda bir guruh O‘zDJTU talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Davra suhbatida 2023 yilgi rejalar doirasida nemis tilini yaxshi o‘zlashtirgan va V 2 va S 1 sertifikatiga talabalarni autsoring yo‘nalishiga tayyorlash masalalari to‘g‘risida kelishib olindi.