“O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘rnatilganining 30- yilligi” mavzuidagi viktorina
14.10.2022
Joriy yilda O‘zbekiston Germaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘rnatilganining 30- yilligi munosabati bilan mamlakatimizda turli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 2022 yilning 14 – oktyabrida O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti hududida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi va O‘zbekiston – Germaniya do‘stlik jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan shu mavzudagi tadbir – viktorina tarzida o‘tkazilib unda O‘zDJTU, O‘zMU va JIDU talaba yoshlari jamoalari musobaqalashdilar.

Tadbirning ochilishida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Z. Abidov va O‘zDJTU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori A. Abidjonovlar tadbir ishtirokchilariga tabrik so‘z bilan murojaat qilib, ushbu tadbirda aynan O‘zDJTU, O‘zMU va JIDU talaba yoshlari jamoalarining ishtiroki bejis emasligini, ushbu oliy o‘quv yurtlari O‘zbekistonning yetakchi OTM va muьaxassisliklari doirasida mavzu bilan bevosita bog‘liq ekanliklari ta’kidlab o‘tishdi va ishtirokchilarga o‘z bilimlarini namoyish qilishda muvaffaqiyatlar tilashdi.

Ular viktorina talabalarning nafaqat bilimlarini namoyish qilishlari, balki ularda musobaqa mentalitetining shakllanishi va rivojlanishiga g‘issa qo‘shishini ta’kidlashdi. Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston – Germaniya do‘stlik jamiyati va Toshkentdagi Gyote-instituti vakillaridan iborat hay’at a’zolari talabalarning bilimlarini xolisona baholashdi.

Ijtirokchi jamoalar to‘rtta topshiriq, ya’ni Germaniya va O‘zbekiston voqeligi, mentaliteti, o‘zligini anglash masalalari yuzasidan kalit so‘zlar izlab topish, Germaniya va O‘zbekiston mavzuida savollarga javoblar izlash va ularni nemis tilida yoritib berish, taqdimotlar namoyish qilish va badiiy – musiqa yo‘nalishida o‘z iqtidorlarini namoyish qildilar. Tadbirni ko‘psonli talabalar bevosita kuzatib borishdi. Viktorina natijasida O‘zMU talabalariga 1-o‘rin, JIDUga – 2-o‘rin va O‘zDJTU talabalariga 3-o‘rin nasib etdi. Viktorina ishtirokchilari va jamoa rahbarlari tegishli sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritildi.


.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)





UZINFOCOM