Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



O‘zbekiston nomoddiy meroslari yuzasidan qator tadbirlar

O‘zbekiston nomoddiy meroslari yuzasidan qator tadbirlar 24.08.2022

24 avgustdan 8 sentyabrgacha O‘zbekiston – Germaniya do‘stlik jamiyatining avgust – sentyabr oylari uchun tadbirlar rejasi doirasida, YUNESKO ning ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston nomoddiy meroslari yuzasidan qator tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlar O‘zDJTU va O‘zbekiston – Germaniya do‘stlik jamiyati xamkorligida ma’ruza, trening va Toshkent, Samarkand va Buxoro shaharlariga sayohatlar tarzida amalga oshirildi. Tadbirning tashkilotchilar sifatida O‘zDJTU professor o‘qituvchilari, talabalari va O‘zbekiston – Germaniya do‘stlik jamiyati xodimlari 2022 yil 24.08. – 8.09. kunlari Germaniyadan  Go East“dasturi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan 16 nafar nemis talabalarining bevosita ishtirokida faoliyat olib bordilar. Shu o‘rinda Go East dasturi haqida  qisqacha ma’lumot. Go East“dasturi tashabbusi bilan DAAD Germaniya univeritetlari talabalarini Sharqiy-Markaziy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlarida akademik ta’tilga borib, malaka oshirishini moliyalashtiradi. Go East“  tashabbusining bir qismi yozgi maktab – Go East Sommerschule“   dasturi bo‘lib, u nemis o‘quvchilarining ushbu mintaqadagi yozgi va qishki maktablarda ishtirok etishiga yordam beradi. Talabalar tegishli mamlakat mahalliy ta’lim tizimi bilan tanishish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladi. Mazkur o‘quv tadbirlari har yili yoz oylarida ushbu mintaqadagi universitetlar tomonidan turli mavzularda taklif etiladi. Go East Sommerschule dasturi bilan DAAD chet el universitetlarini xalqaro aloqalar o‘rnatishiga va ularning Yevropa ta’lim hududiga qo‘shilishiga hissa qo‘shmoqda. Dastur ta’lim va tadqiqotlar vazirligi (BMBF) tomonidan moliyalashtiriladi. Go East“dasturida ishtirok etish uchun Sharqiy-Markaziy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Yevropa, shuningdek,MDH  davlatlaridagi xorijiy universitetlar ariza topshirishlari mumkin. Ushbu yildi 100 dan ko‘p nemis talabalari O‘zbekistonga qiziqish bildirib ulardan 16 nafari tanlov g‘olibi sifatida tanlab olingan. GFR ning 15 oliy o‘quv yurtidan tashrif buyurgan ushbu yoshlar tanlov talablariga amal qilgan holda O‘zbekiston haqida ko‘plab adabiyotlar o‘qiganlar va o‘zbek tilini o‘rganganlar. Ular O‘zbekistonga tashrif davomida o‘zlarining mamlakatni va uning tili bilimlarini namoyish kildilar.

         Tadbir rejasiga mos ravishda O‘zbekiston – Germaniya do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Yu.Ismailov nemis talabalariga YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan o‘zbek xalqining muhim qadriyatlari “Baxshichilik”, “Lazgi”, “Askiya” va o‘zbek milliy taomi - palov kabi O‘zbekiston nomoddiy meroslari xususida ma’ruza va taqdimot o‘tkazdi. Ma’ruza nemis talabalarida katta qiziqish uyg‘otib, ular ushbu qadriyatlar bilan yaqindan tanishish niyatini bildirishdi.

10 kunlik tashrif davomida nemis talabalari uzbek milliy taomlari va ularning Toshkent, Samarkand va Buxoro shaxarlarida uxshashlik va farklari uz kuzlari bilan kurdilar,  non va somsa tayyorlash va palov pishirishning barcha boskichlarini kuzatib kolmasdan, balki taom tayyorlishning barcha jarayonlarida bevosita ishtirok etdilar.

O‘zbekistonda ilk marta sariq sabzini ko‘rgan mexmonlarga ayniqsa sabzi tozalash va tug‘rash yoqib tushdi:

O‘zbek taomlaridan ilhomlangan nemis yoshlari Toshkent shahridagi choyxonalardan biriga tashrif buyurishdi va uzlari palov tayyorlashga kirishishdi.

Nemis va o‘zbek talabalari tashrif davomida yaqin muloqotda bo‘ldilar va o‘z navbatida o‘zbek xonadonlaridan birida nemis taomlari ham tayyorlab berishdi.

         Tashrifning oxirgi kunlarida Germaniyalik talabalar o‘zlarining O‘zbekistondan lol qolganlarini yashirmadilar. Chunki ular faqat O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlari davomida yurtimizning qadimiy shaharlariga ham tashrif buyurdilar, qovun sayrida qatnashdilar va xatto paxta dalasida bo‘lishib o‘z ko‘zlari bilan birinchi marta ochilgan paxtalarni ham ko‘rdilar.

O‘zDJTU rahbariyati va O‘zbekiston – Germaniya do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Yu.Ismailov tashrifning oxirgi kuni nemis talabalariga sertifikatlar topshirdilar.