Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



30–iyul - Butunjahon do‘stlik kuni

30–iyul - Butunjahon  do‘stlik kuni 29.07.2022
30-iyul  Butunjahon do‘stlik kunini nishonlash  doirasida  O‘zbekistonda “Do‘stlik haftasi” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlar o‘z shakli va mazmuniga ko‘ra turfaxil va keng ko‘lamli bo‘ldi. Xususan, do‘stlik jamiyatlari faollari „O`zbekiston 24“ telekanalida intervyu bilan chiqish taqdim qildilar. “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Yusuf Ismailov ham ushbu tadbirda faol qatnashdi va o‘z intervyusida tobora notinch bo‘lib borayotgan davrimizda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik ahamiyati yanada yaqqolroq namoyon bo‘layotganligiga e’tibor qaratdi. U “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati tomonidan olib borilayotgan aniq tadbirlar misolida  O‘zbekiston bilan  Germaniyani 6000 km. ga yaqin masofa ajratib tursada ikki xalqni turfa xil tadbirlar orqali yaqinlashtirish va birlashtirish imkoniyatlari mavjudligini ta’kidladi. Quyida ushbu intervyudan fragmentlar taqdim etamiz.