Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



“Ular Germaniyada o‘qiganlar”

“Ular Germaniyada o‘qiganlar” 27.06.2022

Bir guruh o‘zbek yoshlarining 20-asr boshlarida Germaniyaga  o‘qishga yuborilganlariga 100 yil to‘lishi munosabati bilan “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati va O‘zDJTU hamkorlikda 2022 yil 27 – iyunda O‘zDJTU Roman-german filologiyasi qoshida tadbir o‘tkazildi. Unda “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati va O‘zDJTU professor – o‘qituvchilari hamda O‘zDJTU bakalavriat va magistratura talaba yoshlari guruhi, shuningdek  Bonn shahridagi “Germaniya - O‘zbekiston ” do‘stlik jamiyati a’zolari,  o‘tgan asrning 30-yillarida Germaniyaga OTM larida tahsil olgan o‘zbek yoshlari oila a’zolari va qarindoshlari qatnashdilar. Offlayn va onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan mazkur tadbir “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyatining yillik rejasini amalga oshirish doirasi o‘tkazildi. 

Снимок экрана 2022-06-27 в 13.13.27.png

“O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyatining ijrochi direktori Yu. Ismailov tadbirni ochar ekan, mustaqillik sharofati bilan o‘zbek yoshlarining bugunga kelib xorijda, xususan Germaniyada keng o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lganliklariga e’tibor qaratdi. Ayni paytda bunday imkoniyatga taqdir taqozasi bilan 100 oldin ilk qadam qo‘yilganligi, lekin o‘sha paytda yoshlarning qismati ayanchli tugaganlini eslatdi.  O‘zDJTU professori X.R.Raximov ushbu mavzu bilan juda yaqin tanish ekanligini, mustaqillikning ilk yillarida “Ular Germaniyada o‘qiganlar” nomli kitob nashrdan chiqqanligini, bir paytlari ushbu muammo bilan bevosita shug‘ullanganligini bildirib, tarixga murojaat har qanday sohada ham ta muhimligini ta’kidladi.  “Germaniya – O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi Kolin Dyurkop esa o‘zining  tabrik so‘zida ushbu tarixiy faktning unga ma’lum emasligiga afsuslanib, 72 nafar O‘zbekistonlik  o‘tgan asrning 30-yillaridayoq Germaniyaga OTM larida tahsil olgan o‘zbek yoshlarining qismatlariga qiziqishi katta ekanligini va shuning uchun ushbu tadbir uning uchun o‘ta dolzarb ekanligini aytib o‘tdi. 

photo_2025-07-23 20.24.23.jpeg

         Tadbir “Ular Germaniyada o‘qiganlar” hujjatli film taqdimoti  bilan boshlandi va uning ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Film tugamasdanoq uning ayrim lavhalari muhokamasi boshlanib ketdi.  Germaniyada tahsil olgan 72 nafar O‘zbekistonlik yoshlardan biri, Sattor Jabborning nabirasi Sattor bobosining qismati bilan bog‘liq unga ma’lum qirralarga taxtalib o‘tdi. Filmning Sattorlar xonadonida, ayniqsa yosh Sattor otasining xotiralari, boboning 1938 yilda NKVD tomonidan otib tashlanganligi bilan bog‘liq xotiralar ishtirokchilarni larzaga keltirdi.      

photo_2025-07-23 15.02.16.jpeg

Shu mavzu doirasida yozilgan “Qo‘rqma” romani muallifi, yozuvchi  Javlon Javliyev ham ushbu xonadanda bir necha bor bo‘lganligi, bunday faktlarning o‘sha paytda Germaniyada o‘qib kelgan barcha yoshlarga u yoki bu ko‘rinishda tegishli ekanligini uqtirdi. O‘zbek yoshlarining bir guruhi esa Stalin va Gitler rejimi qurboni bo‘lishlarini oldindan sezgan holda, Germaniyadan boshqa mamlakatlarga, asosan Turkiyaga qochib o‘tganlariga e’tibor qaratdi. Ular shu orqali faqat o‘z jonlarini saqlab qolmaganliklari, aksincha o‘zga yurtlarda ilm sohasida yutuqlarga erishib o‘z ilmiy ishlarini bevosita O‘zbekiston bilan bog‘lab olib borganlarini batafsil yoritib berdi. Roman tarixiy faktlar va badiiylikning yaxlitligi blan ajralib turadi. Muallif buning uchun qator mukofotlarga  sazovor bo‘ldi, eng asosiysi xalq e’tiboriga tushdi. Yosh yozuvchi  Javlon Javliyev davra qatnashchilarining savollariga javob berar ekan, bugungi yoshlarimiz uchun tarixdan saboq har sohada ham naqadar muhimligini esatdi. Bugunga kelib tobora kengayib borayotgan xorijda o‘qish imkoniyatlari o‘z-o‘zidan payda bo‘lmagan, uning ortida yuqoridagidek yosh vatandoshlarimizning qismatlari va mustaqillik shafati bilan erishilgan tarixiy kurash turibdi. “Vatanga xizmat qilish” shior emas, kundalik talabga aylanishi lozim. Bu esa eng avvalo xorijda o‘qiyotgan va tahsil olmoqchi bo‘lgan yoshlar tegishli. Tadbir ishtirokchilari fikr almashuvlaridan shunday xulosaga kelishar ekan,  bugungi mavzu  “Germaniya – O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi Kolin Dyurkop aytganidek hozirgi Germaniyada a’lum emasligi, O‘zbekistonda ham yetarli darajada  “Germaniya – O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi Kolin Dyurkop keng yoritilmaganligi va buning uchun oldimizda o‘z yechimini kutayotgan tadbirlar o‘tkazishga ehtiyoj mavjudligini bildirdilar.