Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



“O‘zbek va nemis xalqlarida ”Alla”qo‘shiqlari (Mushtaraklik va o‘ziga xosliklar”) mavzuidagi onlayn - tadbir

“O‘zbek va nemis xalqlarida ”Alla”qo‘shiqlari (Mushtaraklik va o‘ziga xosliklar”) mavzuidagi onlayn - tadbir 27.05.2022

“O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati va O‘zDJTU ning Roman – german fakulteti nemis tili yo‘nalishi professor – o‘qituvchilari va talabalari bilan hamkorlikda “O‘zbek va nemis xalqlarida ”Alla”qo‘shiqlari (Mushtaraklik va o‘ziga xosliklar”) mavzuidagi onlayn tadbir bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda O‘zbekistonning turli OTM bakalavriat va magistratura talabalari, nemis tiliga va Germaniyaga qiziquvchi talaba yoshlar, Germaniya tomonidan O‘zbekistonga qiziquvchi turli yoshdagi nemis xalqi vakillari  atnashdilar. Tadbirdan maqsad – nemis va o‘zbek xalqlari vakillarini har ikki xalq alla qo‘shiqlari bilan yaqindan tanishtirish,  ushbu o‘ziga xos milliy qadriyatning mushtarakligi va o‘ziga xos tomonlarini anglab yetishdan iborat bo‘ldi. 

Снимок экрана 2022-05-27 в 16.09.19.png

Mavzu barcha qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zDJTU talabalaridan Madraximova Xusnora va Ozodova Nilufarlar har ikki xalqning alla qo‘shiqlaridan namunalar topishdi va ular bo‘yicha  taqdimot o‘tkazishdi. Ular qo‘shiqlarning kelib chiqish tarixidan tortib hozirdagi dolzarbligigacha bo‘lgan davrlarga izoh berishdi. O‘zbek “Allasi” (kelib chiqishi “olloh” so‘zidan) an’anviyligi va xalqchilligi bilan ajralib turgan bir paytda, nemislardagi allalar bir tomondan juda xilma – xilligi, erkaklar tomonidan ham kuylanishi, taniqli kompozitorlarning kuy bastalashlari, ikkinchi tomondan esa yildan-yilga kamroq kuylanayotganligi ta’kidlandi. 

Снимок экрана 2022-05-27 в 16.12.35.png

Gamburglik maktab o‘qituvchi Karen Engelke ushbu fikrni tasdiqlar ekan, alla eng avvalo oilaviy qadriyat bilan bog‘liqligini, oila qadriyati esa afsuski Germaniyada tobora darz ketayotganliliga e’tibor qaratdi. U O‘zbekistonda allaning keng tarqalgani va suyub kuylanishi uning o‘zbek xalqining muhim qadriyatlaridan biri bo‘lib ketayotganligini ta’kidladi. Ayni paytda, talaba va magistrantlarda ushbu mavzu yuzasidan ikki xalqni taqqoslab diplom va magistrlik ilmiy ishi yozish ishtiyoqi paydo bo‘ldi. Demak, tadbir nafaqat estetik funksiyasi bilan ajralib turdi, balki uning ishtirokchilarida yangi loyiha va g‘oyalarga sababchi bo‘ldi.


Qarang fotogalereya