Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



Bonn va Toshkentda Navro'z bayramini onlayn nishonlandi

Bonn va Toshkentda Navro'z bayramini onlayn nishonlandi 01.04.2022

2022 yilning 1-aprel kuni „Germaniya – O‘zbekiston“ va «O‘zbekiston – Germaniya»  do‘stlik jamiyatlarining Bonn va Toshkent shaharlarida Navro‘z bayramini nishonlash» mavzuida hamkorlikdagi Onlayn tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir «Germaniya - O‘zbekiston»  do‘stlik jamiyatining raisi  janob Kolin Dyurkopning 2021 yilning oktyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi paytidagi kelishuv doirasida hamkorlikdagi reja asosida o‘tkazildi. 

navruz4.png

Tadbirning ochilish qismida    Kolin Dyurkop so‘z olar ekan, «Navro‘z»ning faqat O‘zbekistonda emas, Germaniyada ham sevimli bayramga aylanganligini, xususan Bonn shag‘rida an’anaviy bayram qilinishini alohida ta’kidlab o‘tdi va tadbir qatnashchilarini bayram bilan tabrikladi. O‘zbekiston tomonidan O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Zokir Abidov Navro‘z bayramining yurtimiz va jamiyatdagi o‘rnini alohida ta’kidlab, hozirda ushbu bayram O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat vakillarining sevimli bayramiga aylanganligini, uning xalqlarni jipslashtiruvchi va do‘stlikka chorlovchi funksiyasiga, shuningdek ushbu bayramning „Germaniya – O‘zbekiston“ va «O‘zbekiston – Gyermaniya»  do‘stlik jamiyatlari tomonidan muntazam nishonlanib kelishiga to‘xtaldi.  O‘zbekistan Respublikasining Frankfurt shahridagi bosh konsuli Ulug'bek Abdullayev  ham Navro‘zning xalqlar do‘stligidagi ahamiyatini ta’kidlab, O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Navro‘zning Germaniyada nishonlanishini qayd qildi va tadbir qatnashchilarini chin dildan bahor bayrami bilan tabrikladi.  

navruz5.png

  Bonn shahar hokimiyati halqaro bo‘lim boshlig‘i janob Markus Gyolljanob Olimjon Abdullayevning so‘zlarini tasdiqlagan holda, keyingi ikki yilda pandemiya sababli Navro‘zni bayram qilish shakli o‘zgarganligi, lekin kelajakda bevosita O‘zbekistonning o‘ziga safar uyushtirish bilan Navro‘zni har ikki mamlakat vakillari birgalikda bayram qilishga umid bildirdi. 

navruz3.png

Tadbir davomida Germaniyalik hamkorlar "Nawro‘z bayrami Bonnda shunday nishonlanadi" videoklipi namoyish qilishdi. „Germaniya – O‘zbekiston“ do‘stlik jamiyati viseprezidentlari Dr. Haynz Bryuhler va Diyeter Brandenburgerlar hamda jamiyatning ijrochi direktor Oksana Ten xonimlar Navro‘z bilan bog‘liq tassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. So‘ngra  «O‘zbekiston – Gyermaniya»  do‘stlik jamiyati tomonidan tayyorlangan Navro‘zga bag‘ishlangan videoklip namoyish qilindi. Ayniqsa, 2022 yil «Xumo» arenasida O‘zbekiston Prezidenti ishtirokida bo‘lib o‘tgan bayram tantanalaridan sahna ko‘rinishlari tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi. 

Qaren Fotogalereya