Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



“Zamon va zaminlarda toblangan do‘stlik” maqolalar to‘plamining taqdimoti

10.03.2022



Joriy yilning 10 mart kuni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida “O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyati tomonidan “O‘zbekiston-Germaniya: tarix, til, madaniyat va an’analariga hissa qo‘shganlar” nomli grant doirasida nashr etilgan “Zamon va zaminlarda toblangan do‘stlik” maqolalar to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Tadbirni o‘tkazishdan maqsad “O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyati tomonidan nashrga tayyorlangan “Zamon va zaminlarda toblangan do‘stlik” maqolalar to‘plamidan joy olgan maqolalar bo‘yicha fikr almashish, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida ilm-fan, ta’lim, madaniyatni rivojlantirishga hissa qo‘shgan va turli sohalarda mehnat qilgan olimlar, yozuvchilar hamda tarjimonlarning hayoti va ijodi bo‘yicha keng jamoatchilikni boxabar etishdan iborat.

kitob taqdimoti1.jpg

Tadbirda do‘stlik jamiyatlarining raislari va faollari, keng jamoatchilik vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.


Qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Z.Abidov “O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyati 20 yildan ortiq vaqt davomida davlatimizning tinchliksevar siyosatini, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish borasida olib borayotgan ishlarini Germaniya jamoatchiligiga tanitish orqali O‘zbekiston imidjini ko‘tarishda hamda germaniyalik hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli madaniy-ma’rifiy va do‘stlik aloqalarini rivojlantirishda, madaniy-gumanitar sohada “xalq diplomatiyasi” imkoniyatlaridan keng foydalanib kelayotgan jamiyatlardan biri ekanligini takidlab o‘tdi.


“O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Yu.Ismoilov jamiyat tomonidan “Zamon va zaminlarda toblangan do‘stlik” maqolalar to‘plami bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. Jumladan, to‘plamda nemis olimlaridan o‘zbek tili va adabiyoti, Sharq madaniyatining bilimdoni A.Shimmel, ko‘p qirrali qomusiy olima I.Baldauf, o‘zbek xalq dostonlarining tarjimoni va tadqiqotchisi K.Rayxl, folklorshunos olima G.Keller kabi olimlarning hayoti va ijodi hamda O‘zbekiston va Germaniya aloqalariga oid boshqa ko‘plab maqolalar, olimlarning ilmiy faoliyati na’munalari joy olganligi aytib o‘tildi.

kitob taqdimoti 2.jpg

 O‘zDJTU professori X.Raximov bugungi kunda Germaniyada o‘zbek adabiyotiga qiziqish kattaligini, A.Navoiy asarlari nemis tiliga tarjima qilinib Germaniyada keng jamoatchilik ishtirokida taqdimoti o‘tkazilganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tib, adabiy aloqalarda har ikki tomon olimlarining munosib hissasi borligini ma’lum qildi.


Tadbirda shuningdek, bugungi kunda O‘zbekistondagi germanistika sohasining rivoji yo‘lida xizmat qilib kelayotgan olimlar A.Saidov, A.Jumaniyozov, Sh.Karimov, X.Raximov va R.Abdullayeva kabi o‘nlab olimlarning ilmiy faoliyati ikki mamlakat o‘rtasida ilmiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlanishida katta ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.


Tadbir yakunida o‘tgan davr mobaynida har ikki mamlakatda xalqlarning madaniyati, tili, tarixi va san’atiga qiziqish yuqori ekanligi, ilma-fan sohasidagi bunday hamkorlik mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.


Fotogalereya