Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



Toshkentdagi birinchi xalqaro tibbiyot forumi

Toshkentdagi birinchi xalqaro tibbiyot forumi 17.04.2018
2018 yil 17 aprel kuni Toshkentdagi shifokorlar malakasini oshirish institutida "O'zbekistonda Germaniya tibbiyotining integratsiyasi: bugun va erta" mavzusidagi birinchi o'zbek-german tibbiyot forumi bo'lib o'tdi. 

Forumda Germaniya Federativ Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi, O'zbekiston-Germaniya do'stlik jamiyati, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent davlat stomatologiya instituti, turli xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. 

O'zbek-german tibbiyot forumini an'anaviy qilish va uni har yili O'zbekiston va Germaniyada tashkil etish rejalashtirilgan. Bu o'zbek-nemis ilmiy, madaniy va tibbiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va targ'ib qilish uchun samarali konstruktiv integratsion platforma bo'lib xizmat qiladi.