Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



“O’zbekiston-Germaniya” Do’stlik Jamiyati delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi

“O’zbekiston-Germaniya” Do’stlik Jamiyati delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi 27.11.2017
2017-yilning 27-noyabridan 4-dekabrigacha “O’zbekiston-Germaniya” Do’stlik Jamiyati a’zolaridan iborat delegatsiya javob tashrifi bilan Germaniyada bo’lishdi. 

Tashrif dasturlari doirasida “Aloqabank” vakillari uchun Frankfurt na Mayn shahrida ““Kommersbank” misolida zamonaviy korporativ boshqaruv usullari” mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Uchrashuv muhokamlar bilan juda qizidi, fikr va tajribalar almashilindi. Uchrashuvda nafaqat bank sohasidagi mutaxasislar balki safarning barcha ishtirokchilari, shuningdek o’zbek delegatsiyasini aeroportda kutib olishgan hamda shahar bo’ylab hamrohlik qilishgan Frankfurt na Mayndagi Bosh konsullik vakillari ham ishtirok etishdi.

Bonn shahrida Nemis-O’zbek Jamiyati Boshqaruv vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Delegatsiya nemis hamkorlar taklifi bilan an’anaviy Rodjestvo kechasida ishtirok etishdi. Unda O’zbekistonning Frankfurtdagi Bosh konsullik vakillari, Nemis-O’zbek Jamiyati a’zolari va talaba yoshlar ham qatnashishdi.  

Ishtirokchilar bugungi kunda O’zbekistonda bo’layotgan siyosiy va iqtisodiy reformalar va ikki do’stlik Jamiyatlari o’rtasidagi hamkorlik to’g’risida boxabar qilindi hamda O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy va turistik potensialiga bag’ishlangan film namoyish etildi.

Foyeda Toshkentlik fotorassom Vladimir Kovreinning O’zbekiston Respublikasining 26-yilligiga bag’ishlangan fotoko’rgazma bo’lib o’tdi. Yakunda esa o’zbek polov, nemis oshxonasi taomlari, shuningdek, rodjestvo shirinliklari bilan ko’ngil ochishdi.  

Oxirgi kechada guruh vakillari Nemis-O’zbek Jamiyati vitse-prezidenti, janob H. Byularning oilasida mehmon bo’lishdi va bu orqali qatnashchilar nemis oliasi kundalik turmush tarzi, qadiryat va an’analari bilan yaqindan tanishdilar. 

O’zbekiston-Germaniya Do’stlik Jamiyati, va shuningdek, delgatsiya a’zolari Nemis-O’zbek Jamiyati vakillariga, o’zbek talabasi Abduvokhidga   o’zbek delegatsiyasini yaxshi kutib olishganlari uchun katta minnatdorchilik izhor etishdi.

Фотогалереяга қаранг